Bolalik - bu uning bo'yoqlari hayotimizni isitib turadigan, har bir kuni  bayramdan iborat bo'lgan ajoyib davr. Arba.uz "Bliss Smile" bilan hamkorlikda bolalarni "Xursandchilik va kutilmagan sovg'alar kuni" deb nomlanuvchi navbatdagi tadbir bilan xursand qildilar. Arba.uz sayti orqali buyurtma qilingan barcha buyurtmalar "Bliss Smile" sharbatining yoqimli sovg'asi bilan birga bolalar ertak qahramonlari orqali yetkazildi. Sovg'aga eng sevimli sharbatini olish, sevgan qahramoni bilan suratga tushish, va yana eng ajoyib sovrinlarni yutib olish - mana bolalar uchun qanday haqiqiy xursandchilik tashkil etilgan edi!