1989 yilda tug’ilganman, hozir men 28 yoshdaman.  2007 yili 166-iqtisodiyot maktabining 11-sinfini tugatdim. Maktabni tugatgandan so’ng darhol ishlashga bordim, «Maccofe» kompaniyada qahva sotish bo’yicha merchendayzer bo’lib ishlay boshladim, biroq kompaniyada bir yil ishlaganimdan keyin shtatlar qisqarishiga tushib qoldim va keyin «Toshkent choy» kompaniyasida choy sotish bo’yicha yana merchendayzer bo’lib ishlay boshladim. Bu kompaniyada bir yilga yaqin muddat ishladim, keyin dekret ta’tiliga chiqdim. Farzandim tug’ilgandan keyin sakkiz oy o’tgach men o’zining  qulay sharoitlari bilan o’ziga tortuvchi  boshqa ish qidirishni boshladim.

Men uchun ish joyini tanlashda eng muhimi – bu ishonchlilik, barqarorlik va karyera jihatdan o’sishimga imkon yaratilishi edi. Shunday qilib,  men 2011 yili torg.uz saytida Agromir kompaniyasi merchendayzerlarni ishga taklif qiliayotgani haqidagi e’lonni ko’rib qoldim. Xodimlar bilan ishlash bo’limida suhbatdan o’tdim va merchendayzer lavozimiga ishga qabul qilindim. Merchendayzer bo’lib ishlash prinsiplari menga yaxshi tanish edi, biroq Agromir kompaniyasida men DSPM  (savdo shahobchalarini mahsulot bilan ta’minlash bo’yicha trening, distributsiya, praysing, shelving, merchendayzing va hokazo) treningi bo’yicha ajoyib kasb mahorati tayyorgarligidan o’tdim. Mening mahorat darajam meni kasbiy malakamning keyingi bosqichiga o’tishga imkon yaratdi. Va 2011 yilning iyulidan boshlab men HoReCa jamoasida savdo vakili bo’lib ishlay boshladim.

Bu mening mehnat faoliyatimdagi yangi bosqichning boshlanishi bo’lib, albatta, ozgina hayajonli edi, chunki mening oldimda umuman boshqa vazifalar turar edi, biroq bu vazifalar juda qiziqarli bo’lib, u eng yaxshi ko’rsatkichlar uchun maroq bilan kurashish, harakat qilishdan iborat edi. Shuningdek, ishlash uchun savdo boyicha «Tashrifning yetti qadami», «Xaridor bilimi», «Ishonchli savdo hajmi» kabi treninglar juda foydali bo’ldi.

Shunday qilib, men savdo vakili ishiga muvaffaqiyatli kirishib ketdim va besh yil davomida o’z jamoamda eng yaxshisi bo’lishga harakat qildim. Keyinchalik meni jamoaning team-lideri, yetakchisi qilib tayinlashdi, bunda na faqat o’z maqsad va vazifalarini bajarish, balki o’z oldimizga qo’ygan maqsadlarga erishishda butun jamoaga yordam berish kerak edi.  2017 yilning iyunida mening nomzodimni PS1 jamoasi supervayzeri lavozimiga tasdiqladilar. Shak-shubhasiz, bu jamoa oldidagi, kompaniya oldidagi katta mas’uliyat edi, biroq bu men uchun yanada olg’a qadam tashlash, ishga qiziqtiradigan  katta bir omildir.

Men o’z Agromirimni yaxshi ko’raman!