13, 15 dekabr kunlari O’zekspomarkazda ko’rgazma bo’lib o’tdi, u yerda, sanoatning turli soha mahsulotlari, xamda, ilmiy va ishlab chiqarish markazlarining innovatsion loyihalari namoyish etildi. O’zbekiston va Qirg’iziston davlatlari raxbarlari Shavkat Mirziyoyev va Sooronbay Jeenbekovlar tashkil etilgan ko’rgazma bilan tanishib, bunday ko’rgazmalarning ikki davlatning kelajakda ko’p qirrali rivojlanishi va xamkorligi uchun muhim ekanligini takidlashdi.

       “Agromir” kompaniyalar guruhi o’z faoliyatining asosiy yo’nalishini namoyish etdi – bu intensiv bog’larni qurib, foydalanishga topshirishdir.

       Intensiv bog’lar O’zbekiston Respublikasida noyob bo’lgan, tomchilab sug’orish, quyoshdan yuqori qalinlikdagi to’rdan foydalanish, sara ko’chatlar ekish, suyab turuvchi shpalalar tizimidan foydalanish kabi ishlarni o’z ichiga oladi. Tomchilab sug’orish tizimi suvni, o’g’itlar harajatini, ishchi kuchini tejashga imkon beradi.

       Shpalalar yordamida suyab turuvchi tizim xosilni saqlashni, shamollarga bo’lgan chidamliligini oshirishni ta’minlaydi. Shuningdek tizim, bog’ni quyoshning ultrabinafsha nurlaridan kuyishdan saqlash, daraxtlarni  do’ldan saqlash, qushlardan saqlash uchun to’r bilan yopish imkoniyatini beradi va mikroklimat yaratadi. Tizim suv xarajatini, hamda, o’g’it va o’simliklarni ximoya qilish vositalarini tejash imkonini beradi.

       Yuqori xosil olishga nav tomir-payvand kombinatsiyasini to’g’ri tanlash muhimdir. Bizning sara ko’chatlarimiz eng zo’r tomirlar bilan payvandlashtirilgan. Daraxtlar ekilgandan so’ng ikkinchi yoki uchinchi yilda xosil bera boshlaydi.

       “Agromir” kompaniyalar guruhi  — bu to’liq bog’ yaratish tsiklidan tayyor mahsulot ishlab chiqarish tsikligacha bo’lgan yo’ldir. Biz mexr bilan o’stirgan meva va sabzavotlarimizdan keng assortimentli mahsulot ishlab chiqaramiz.

       Iste’molchilar tomonidan sevib foydalaniladigan Bliss, Meva, Marinelle savdo belgilari xam ko’rgazmada taqdim etildi.