2017 yilning 12 avgustida birinchi marta Toshkentda Kolberg Group tashkil qilgan mini-futbol bo'yicha "Korporatsiya kubogi" ochiq turniri start oldi. Turnirda O'zbekistonning Balton Trading Asia (baltontrading.com), Gloriya Distribution (gloriya.uz), ATM Sanifa Pharma, ATM Partners LLC, Premium Trade Group, Intersok, Milk Euro Food (milkeurofood.com), Henkel, Kolberg Group (kdc.uz) kabi yirik ishlab chiqarish va distribyutorlik kompaniyalari va albatta bizlar - Agromir kompaniyasi guruhlari ishtirok etamiz.

Musobaqalar bi qancha maqsadlarni o'z ichiga olgan:

- sog'lom turmush tarziga bo'lgan qiziqishni shakllantirish;

- futbolni targ'ib qilish;

- futbolni sevuvchilarning dam olishini tashkil etish;

- havaskorlik futbolining kelgusidagi rivojlanishi;

- ishtirokchilar sport mahoratlari darajasining ortib borishi;

- kuchli futbol kollektivlari va jamoalarining yuzaga kelishi.

Bizning kompaniyamiz bu maqsadlarni qo'llab-quvvatlaydi va g'alabaga ishonch bilan ikki tarkibdagi jamoalar bilan turnirda ishtirok etadi!

Dastlabki uchrashuv o'yini ushbu shanbada bo'lib o'tadi: 12 avgust kuni soat 19.00 da Agromir jamoasining birinchi tarkibi Redbull jamoasi bilan o'ynaydi.