Meva tozalash zavodi ishga tushirilib, o’zining ilk mahsulot partiyasini ishlab chiqardi. Bu korxona tarixi va an’analari bugungi kunda Agrofirma “AGROMIR JUICE” MCHJ QK va “AGROMIR KONSERVA” MCHJ QK larning jamoatchiligi tomonidan davom ettirilib kelayotgan korxonadir.
Butun tarixi mobaynida korxona muntazam ravishda rivojlanib, modernizatsiyalashib kelgan, yangi texnologik uskunalar xarid etilgan. Jumladan, mustaqillik yillarida korxona “BucherBeuer AG” (Shveytsariya), “BertuzziS.p.a.” (Italiya), shuningdek, “MembraflovFiltersystem” (Germaniya) Kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan konsentratlashgan sharbat, pyure va pastalarni ishlab chiqarish bo’yicha texnologik tarmoqlarni xarid qildi.
Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish uchun imkoniyat asosan korxona xorijiy ta’sischilarining sarmoyalari orqali yaratildi.
2009-yilda korxona ISO 9001:2008 Sifat Menejmenti Tizimi bo’yicha sertifikatsiyadan o’tkazilgan.
2011-yilda korxona TetraPakService S.A. (Shveytsariya) Kompaniyasining tabiiy meva va sabzavot sharbatlari va nektarlarini ishlab chiqarish va 0,2 va 1 litrli o’ramlarga quyish uskunasini xarid qilib, o’rnatib ishga tushirdi.
Bugungi kunga keldi Agrofirma “AGROMIR JUICE” MCHJ QK va “AGROMIR KONSERVA” MCHJ QK larning ishlab chiqarish quvvatlarida “BLISS” va “MEVAJUICE” kabi respublikamizda mashhur sharbat brendlari, shuningdek “MARINELLE” va “AGROMIR” brendlari ostidagi konserva mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Shu bilan birgalikda, konserva mahsulotlari buyurtmachilari qatorida “Lorado” va “Korrado” kabijahonda mashhur brendlar huquqlari sohiblari ham bor.
Guruhning yana bir yirik korxonalaridan biri – bu Toshkent viloyatida joylashgan Agrofirma “GAZALKENT MEVA” dir. Ushbu korxonaning tarixi 1943-yildan, ya’ni Ulug’ Vatan Urushi yillarida Grozniy shahridan O’zbekiston Respublikasiga texnologik quvvatlarining evakuasiya qilinishidan boshlanadi. 1991-yilga qadar korxonaning nomi “G’azalkent konserva zavodi” deb yuritilgan.
2008-yildan korxona ta’sischilari tarkibiga xorijiy investor kiritilib,korxona “Xorijiy sarmoyaga ega korxona” maqomini qo’lga kiritadi.
2008-yilda korxonani modernizatsiyalash doirasida “BucherBeuer AG” Kompaniyasi tomonidan konsentratlangan olma sharbatini ishlab chiqarish uskunasi o’rnatilib ishga tushiriladi.
Shu vaqtdan boshlab korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotning asosiy qismi MDH mamlakatlariga eksportga jo’natiladi.
2010-yilda korxona ISO 9001:2008 Sifat Menejmenti Tizimi bo’yicha sertifikasiyadan o’tkaziladi.
Bugungi kunga kelib korxona konsetratlangan sharbat, pyure va pastalarni, shuningdek litsenziya asosida “Marinelle” va “AGROMIR” konserva mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi.
Samarqand viloyatinig Toyloq tumanida joylashga “AGROMIR ADAS”MCHJ XK “Adas musallas va vodka ishlab chiqarish punkti” negizida tashkil etilib, 1961-76-yillarda Samarqand shahridagi O’zbekiston Respublikasining Oziq-ovqat Vazirligiga qarashli Hovrenko nomidagi musallas ishlab chiqarish kombinatining asosiy ta’minotchisi bo’lib kelgan.
Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq Yugoslaviya va Bolgariya uskunalarini ishlatish yo’li bilan mahsulotlarni aseptik saqlash bo’limi ishga tushirilgan.
2009-yilda bino va inshootlarning to’liq yangilanishi, shuningdek zarur bo’lgan qo’shimcha omborxonalarning va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni tahlil qilish uchun, zamonaviy talablarga javob bera oladigan laboratoriyalarning qurilishi amalga oshirilgan.
Shu yilning o’zida korxona ISO 9001:2008 Sifat Menejment Tizimi bo’yicha sertifikasiyadan o’tkazilgan.
2006-yilda xorijiy investor korxona ta’sischisiga aylangan.
2008-2008-yillar mobaynida korxonada mavjud omborxona va laboratoriyalarning qayta qurilishi amalga oshirilib, yangilari qurilgan, bundan tashqari “DELLA TOFFOLLA” (Italiya) Kompaniyasidan musallas materiallarini ishlab chiqarish bo’yicha uskuna xarid qilinib o’rnatilishi bilan modernizatsiyalash amalga oshirilgan. O’tkazilgan tadbirlar ushbu sohadagi ilg’or tajribalardan maksimal darajada foydalanishga imkon yaratdi, shunga muvofiq ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati ham ancha yaxshilandi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati 2010-yilda qozonilgan ISO 9001:2008 Sifat Menejmenti Tizimi sertifikati bilan tasdiqlandi.
Hozirgi kunda mahsulotning asosiy qismi eksportga jo’natiladi.
“AGROMIR ZARKENT”MCHJ XK Toshkent viloyatining Parkent tumanida joylashgan bo’lib, “Zarkent” musallaschilik punktining ishga tushirilganligi qabul qilinishadan boshlab o’z faoliyatini boshlaydi.
2006 yildan korxonaga xorijiy investor ta'sischi bo'ldi.
2006 yildan 2008 yilgacha bo'lgan davr oralig'ida korxonadagi mavjud binolar qaytadan qurildi va yangi omborxona binolari, laboratoriyalarni qurish ishlari olib borildi, shuningdek vino materiallari ishlab chiqaruvchi "DELLA TOFFOLLA" (Italiya) kompaniyasining asbob-uskunalarini sotib olish va ularni o'rnatish yo'li bilan ishlab chiqarish modernizatsiya qilindi (takomillashtirildi). Amalga oshirilgan tadbirlar ushbu sohadagi ilg'or tajribadan maksimal darajada unumli foydalanish va ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini beradi.
2010 yilda korxona ishlab chiqarayotgan mahsulot ISO 9001:2008 sifat menedjmenti tizimidan olingan sertifikat bilan tasdiqlandi.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning asosiy qismi eksportga chiqarilmoqda.
“AGROMIR” Kompaniyalar guruhiga kiruvchi deyarli yosh hisoblanuvchi va konsentratlangan sharbat, pyure va pastalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar ichiga Agrofirma “AGROMIR BUKHARA” MCHJ XK va Agrofirma “AGROMIR CHSUT” MCHJ XK kabi korxonalarni kiritish mumkin. Ularning tarixi 2002-yildan boshlanadi.
Shu bilan birgalikda ta’sischilar yig’ilishi qarori bilan Namangan viloyatining Chust shahrida “Chust Golden Fruit ltd”. MCHJ tashkil qilingan.
Korxona faoliyatining mulkiy negizini uning qurilishi davrida birja savdolarida sotib olingan Chust shahri qishloq xo’jaligi mahsulotlarining tayyorlash bazasi tashkil qiladi.
2003-yildan ta’sischilar qatoriga horijiy investorining kiritilishi bilan korxona “horijiy sarmoyalarga ega korxona” maqomini qo’lga kiritdi.
Shu yilning o’zidayoq korxona “AlbertoBertuzziSpA” (Italiya) kompaniyasining mevali pyure va tomat pastasini ishlab chiqaruvchi zamonaviy uskunasi o’rnatilib, ishga tushirildi.
Agrofirma “ AGROMIR BUKHARA” MCHJ XK Buxoro viloyatida joylashgan bo’lib, Agrofirma “Fruit World Ltd” MCHJ negizida o’z faoliyatini yuritadi.
Shu yilning o’zidayoq korxona tomonidan birja kontrakti asosida Buxoro viloyatining qishloq va suv xo’jaligiga tegishli “Yem-hashak ishlab chiqarish bo’yicha qishloq xo’jaligi korxonalari” ishlab chiqarish bazasining mulkiy majmuasi xarid qilindi.
2004-yildan korxona “horijiy sarmoyalarga ega korxona” maqomini qo’lga kiritdi.
2005-2009-yillar mobaynida korxonada ishlab chiqarishni modernizasiyalashtirish va “AlbertoBertuzziSpA” (Italiya) va “BucherBeuer AG” (Shveysariya) kompaniyalarining konsentratlangan sharbat, pyure va pastalarini ishlab chiqarish bo’yicha texnologik uskunasining o’rnatilishi va ishga tushirilishi amalga oshirildi.
Konsentratlar eksportini boshlash.
"Bliss" brendi ostida sharbat va nektarlar, shuningdek 2008 yilda "Marinelle" brendi ostida meva va sabzavot konservalarini ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.
Turli mamlakatlar bozorlariga eksport mahsulotlari chiqarishni boshlash.
Bliss ning Tetra Pak Prisma o'ramiga o'tishi.
"Mevajuice" brendi ostida sharbat va nektarlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.
AGROMIR GROUP korxonasining ko'p yillik ish tajribasining ishlab chiqarishni muntazam modernizatsiyalash bilan birga olib borilishi bizlarga eng yuqori sifatli mahsulotni ishlab chiqarishga erishish va bu bilan iste'molchilarni xursand qilishga imkon yaratadi.
"AGROMIR" Kompaniyasi Guruhlari tarkibiga kiruvchi har bir korxona to'g'risidagi to'liq ma'lumotlarni bu yerda olishingiz mumkin.
Bliss o'ramining restaylingi.
2015 yilda korxona "Tetra Pak Global Distribution" (Shveytsariya) kompaniyasining 1 litrlik hajmdagi o'ramlarga sharbat va nektarlar quyish bo'yicha uchinchi liniyani sotib oldi, montaj qildi va ishga tushirdi.
AGROMIR kompaniyasi Guruhlarining o'ziga xos tomonlaridan biri - bu o'z ichiga barcha jarayon - xom ashyoni tayyorlashdan boshlab tayyor mahsulotni sotishgacha bo'lgan bir-biriga tutashib ketgan dayr hisoblanadi.
"AGROMIR" MChJ Kompaniyasi ISO/TS 22002-1 ga muvofiq FOOD SAFETY SYSTEM CERTIFICATION talablariga javob beruvchi sifatida baholandi va sertifikatlashtirildi.
Bliss o'ramining restaylingi.
Meva ning Tetra Pak Prisma o'ramiga o'tishi.
Bliss Savdo Markasining 10 yilligi!