Aviatsiya kasb-hunar kollejining menedjment fakultetini  «Keng turdagi  menedjer» mutaxassisligi bo’yicha tugatdi.

Kollejni bitirgandan so’ng Aviatsiya instituti, keyinchalik qaytadan tashkil etilgan politexnika universitetining  «aeroport va samolyotlarda radioelektron jihozlardan foydalanish» fakultetining «radioelektron jihozlar injeneri» mutaxassisligiga o’qishga kirdi.

2010 yili «Agromir» kompaniyasiga savdo bo’yicha vakil lavozimiga ishga kirdi. Va darhol yaxshi natijalar ko’rsata boshladi.

Savdo bo’yicha vakil lavozimida bir yil muddat ishlagach, jamoaning Tim lideri – yetakchisi etib tayinlandi.

Shundan so’ng, 2011 yil institutni tugatganimdan keyin mening oldimda tanlov turardi: aviatsiyaga boraymi yoki savfofagi karyeramni davom ettiraymi? Tanlash menga oson bo’lmadi, men aviatsiya sanoati va savdo sohasidagi ishlar holatini o’ylab ko’rdim. Men odamlar bilan birga ishlashga bo’lgan qiziqishim va qobiliyatimni hisobga olib,  «Agromir» da qolishga  va karyeramni yaratishga qaror qildim.

Shunday qilib, 2012 yili meni Tim lider – yetakchi lavozimida ishlayotgan «Agromir» Kompaniyasining savdo vakili lavozimiga o’tkazishdi, bu yerda men qo’shimcha ravishda Supervayzer vazifasini ham bajarmoqdaman.

«Agromir» Kompaniyasining savdo vakili lavozimida 6 oy ishlaganimdan so’ng meni HoReCa kanaliga Supervayzer lavozimiga o’tkazishdi. 

2013 yilning oktabrida savdo bo’limi rahbari va tijorat direktorining tavsiyasiga ko’ra meni treyd marketing menejeri lavozimiga o’tkazishdi. Bu lavozimda ishlash davrida men ishimni Toshkent viloyati bo’yicha  region menejeri lavozimi bilan birga qo’shib olib bordim. Men treyd marketing menejeri lavozimida 2016 yilning noyabrigacha ishladim, keyin esa savdo bo’limi rahbari tavsiyasi bilan Toshkent shahri bo’yicha  region menejeri lavozimiga o’tkazildim.

Hozirgi vaqtda men Toshkent shahri bo’yicha menejer vazifasida ishlamoqdaman.

Men ushbu kompaniyada ishlagan davrimda juda ko’p trening va seminarlardan o’tdim, masalan, endi ishga tushgan vaqtimdayoq meni savdo ko’nikmalarini rivojlantirishning tashrif buyurishning 7 qadami, muomala mahorati, ishonchli savdo shakllari, e’tirozlarni yengib o’tish, shuningdek konseptual savdolar kabi  treninglarga jalb qila boshlashdi.

Keyinchalik, men rahbarlik lavozimiga o’tganimdan keyin menda tashqi treninglarda qatnashishga imkon tug’ildi, ushbu davr ichida men quyidagi treninglardan o’tdim:

Muzokaralar olib borish mahorati, Kouching, Distributsiyaning sifatli tuzilishi (Doroshuk)

Samimiy xizmat ko’rsatish (Maksim Nedyakin), Marketingdagi brendlar differentsiasiyasi, ingliz tili kurslari va boshqa ko’plab …

O’z kasbining mohir ustasi sifatida rivojlanish meni «Agromir» da ishlashga qiziqtiradi  va eng yuqori darajalarga erishishga rag’batlantiradi.