Ko'p beriladigan savollar
-
Sharbat, nektar va tarkibida sharbat mavjud bo’lgan ichimliklar nimasi bilan farq qiladi?
Sharbat – bu shunday mahsulotki, u 100% meva va sabzavotlardan iborat bo’ladi. U yangi uzilgan mevalarni siqib olish orqali yoki konsentratsiyalangan, toyintirilgan sharbatdan olinadi. Uning tarkibida konservantlar (konservalangan oziq-ovqatni buzilishdan saqlovchi moddalar), bo’yoq moddalar, sun’iy aromatizatorlar yoki tabiiysiga avnan o’xshash aromatizatorlar bo’lmaydi. Aromatizator sifatida rezavor meva va mevalardan olinadigan faqat tabiiy moddalardan foydalanish mumkin.
Nektar nomi ostida esa tarkibi 25% da 50% gacha tabiiy sharbat, qolgan qismi esa suv, shakar va limon kislotasidan iborat bo’lgan mahsulot tushuniladi. Hattoki juda oz miqdorda ham konservantlar, hamda sun’iy aromatizatorlar qo’shilishiga yo’l qo’yilmaydi. Bu nektar tabiiy sharbatdan yomon degan tushunchani bildirmaydi. Axir shunday mevalar ham borki, ularning sharbatini ichib ham bo’lmaydi – masalan, nordon olcha.
Tarkibida sharbat mavjud bo’lgan ichimlik (ShTI)
Shak-shubhasiz, oxirgi o’rinda tarkibida tabiiy sharbat 25% dan kam bo’lgan ichimlik turadi. Bundan tashqari, ingrediyentlar (tarkibiy qismlari) ro’yxatiga shuningdek bo’yoq moddalar, aromatizatorlar, limon kislotasi va konservantlar qo’shiladi.
Bu ichimlik tarkibida mevalar ulushi nektardagiga qaraganda 10% dan 25% gacha kamroq. Shakar va limon kislotasidan tashqari bu ichimliklarga sun’iy aromatizator, bo’yoq moddasi, shakar o’rnini bosuvchi modda, meva etini stabillashtiruvchi modda va boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga qo’shiladigan qo’shimcha moddalar qo’shishga ruxsat etiladi. Shunday qilib, bu ichimlik tarkibida vitaminlarni topish qiyin, ammo chanqoqni qondirish uchun bu ichimlikdan a’losi yo’q.
-
Bliss va Meva ishlab chiqarishda ISO standartlari joriy etilganmi?
Korxonada ISO 9001:2008 sifat menedjmenti tizimining "Sifat menedjmenti tizimi" va ISO 22000:2005 ning "Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi menedjmenti tizimi” va FSSC 22000 tizimi amal qiladi, shu jumladan FIFO (First in-First off) tizimi ko’zda tutilmoqda, bu shuni bildiradiki, “birinchi kelgan – birinchi ketadi ”. Faqat arxiv xonasidagi mahsulotlar qoladi (ishlab chiqarilgan mahsulotning har bir partiyasidan mahsulotlar saralab olinadi va bir yil mobaynida saqlash uchun arxiv xonasiga jo’natiladi ). Saqlangandan keyin bir yil muddat o’tgandan so’ng qaytadan fizik-kimyoviy va mikrobiologik tekshirishlar o’tkaziladi.
-
Nima uchun pomidor sharbati sho’r emas?
Shuni hisobga olishimiz kerakki, tuz o'ziga xos komponent. Har bir xaridor sharbatni qancha tuz bilan iste'mol qiladi va unga qaysi biri mazali, o'zi hal qiladi. Tuzni har doim ta’bga qarab solish mumkin. Sharbatdan esa tuzni ajratib olib bo’lmaydi.
-
Shakarsiz sharbatlar ishlab chiqarish rejalashtirilmoqdami?
Olmali, anorli va tomatli Bliss sharbatlari toza tabiiy shirin ta'mga ega. Ularni ishlab chiqarishda shakar qo’shilmaydi.
-
Nima uchun qovun, tarvuz va qovoqlardan sharbat ishlab chiqarilmaydi?
Ularga talab yo’qligi uchun. Bizlar O’zbekistonda bu mahsulotlarni tabiiy holda iste’mol qilishga o’rganganmiz, narxlari ham uncha baland emas. Talab bo’lsa – albatta ishlab chiqaramiz.
-
Sharbat, nektar, mors va tarkibibda sharbat mavjud bo’lgan ichimliklar bir-birlaridan nimasi bilan farq qiladi?
Sharbatlar tarkibida mevalar 100% ni tashkil qilishi kerak . Standart bo'yicha sharbatga hattoki 1,5% dan ortiq shakar qo'shish mumkin emas. Aks holda bu sharbat hisoblanmaydi. Kislotalilik regulyatori (kislotani tartibga solib turuvchi) deyish mumkin. Yana quyuq konsentrat uchun sharbat quyuqligini kerakli holatga keltirish uchun suv kerak bo’ladi. Qolgan barcha ishlab chiqarilayotgan ichimliklar eng mazali ta’m darajasiga yetishishi uchun ularga turli foizlarda shakar, nordon ta’m beruvchi modda, mevalar aralashmasi va suv qo’shiladi.
-
Nima uchun mog’or hosil bo’lganini aniqlash mumkinmi?
Albatta mumkin. Buning uchun xaridor muammoli sharbat qutisini taqdim etishi kerak. Har bir partiya – turkumning sharbat namunalari zavoddagi maxsus arxivda bir yil davomida saqlanadi. Uni har doim sabdo shahobchasidagi quti bilan taqqoslash mumkin. Agar namunada muammo bo’lmasa, demak ushbu turkumdagi barcha qutilarda muammo yo’q. Keyin esa zarar yetgan qutini va mog’orning o’zini o’rganish kerak. Juda ko’p mog’or turlari mavjud. Aksar hollarda ularning turiga qarab u qanday sharoitlarda qutiga tushib qolganini aniqlash mumkin. Har qanday holatda ham buning sababi razgermetizatsiya bo’lib, buni oshkor qilish kerak. Agromir zavodi xodimlari har doim o’z laboratoriyalarida sharbatni ekspertiza tekshiruvidan o’tkazishga hamda bu ekspertiza tekshiruvlarini boshqa mustaqil laboratoriyalarda o’tkazishga tayyorlar. Chunki ular o’z mahsulotlariga ishonadilar.
-
Sharbatlardagi mog’or qayerdan paydo bo’ladi?
Bliss va Meva sharbat va nektarlari konservantlar qo’shilmagan, tabiiy bo’lib, bas shunday ekan, xuddi har qanday tabiiy sharbatda bo’lgani kabi bularda ham mog’or paydo bo’lishi mumkin. Mog’or konservantlar bilan birga yashamaydi. Biroq! Mog’or paydo bo’lishi uchun uning sporalari quti ichiga kirishi kerak. Agromirning ishlab chiqarish liniyalari shunday o’rnatilganki, ishlab chiqarish jarayoni vaqtida hech qanday bakteriya yoki sporalar sharbat ichida tirik qolmaydi. Sikl - ishlab chiqarish sikli mutlaqo yopib tashlangan. Shunday qilib, agar sharbatda mog’or paydo bo’lgan ekan, buning sababi bitta – quti razgermetizatsiyasi, qutining germetikligi buzilgan. Ya’ni qutida havo kiradigan teshik bo’lishi mumkin, bu esa mog’or sporalarining urug’lanishiga olib kelishi mumkin.
Razgermetizatsiya – germetiklikning buzilish sabablari:
- Qutini yuklayotganda yoki savdo shahobchasiga transportda olib borgunga qadar yo’lda zarar yetkazishlari mumkin;
- Qutiga savdo shahobchasida zarar yetkazishlari mumkin;
- Inson omili ham bo’lishi mumkin, biroq bu Agromir zavodida juda kam uchraydigan hodisa, bu yerda har bir quti sharbat kuchli datchiklarning (qabul qiluvchi va uzatuvchi qurilmalarning) ko’plab tekshiruvlaridan o’tadi. Bu sodir bo’lishi mumkin bo’lgan yagona holat – konveyer to’satdan to’xtab qolgan vaqtda, ya’ni 4 ta qopqoq avtomatda qolganda yuz beradi. Biroq hattoki ushbu holatda ham xodimlar qopqoqlar qutiga zarar yetkazmasdan to’g’ri joylashishi uchun barcha kerakli hatti-harakatlarni amalga oshiradilar.
- Shunday vaziyatlar bo’lganki, savdo shahobchasida insofsiz odamlar himoya halqasini buzib, qopqog’ini ochganlar. Sharbatni ichganlar, qopqog’ini yopib, joyiga peshtaxtaga olib borib qo’yganlar. Ayniqsa shunga o’xshash hodisalar aksiyalar o’tkazilayotgan vaqtda tez-tez sodir bo’ladi.
Shuning uchun sharbat sotib olayotganda, himoya halqasi butunligini albatta tekshiring. U qopqoqqa jips yopishgan va mahkamlangan bo’lishi kerak. Himoya halqasi pastga qarab qiyshaygan bo’lmasligi kerak
-
“Qishki” va “yozgi” sharbatlar bir-biridan farq qiladimi?
Sevimli sharbatingizning aniq mazasini xaridorga kafolatlash, o’sha sharbat ishlab chiqarilgan davrda ayniqsa yaxshi bo’lgan har bir meva konsentratidan tiklangan sharbat orqali amalga oshiriladi. Bu usul yil fasllariga bog’liq bo’lmagan holda, har bir partiyani – turkumni, belgilangan ta’m, shirin mazasi, hidi ba quyuqligini kafolatlaydi.
-
Sharbatni tiklash uchun siz qanday suvdan foydalanasiz? Qanday qilib filtrdan o’tkazasiz?
Agromir kompaniyasi o’z shaxsiy artezian qudug’idan foydalanadi, bu yerdagi suv nihoyatda toza va sifatli bo’lib, sharbatlarni normallashtirish uchun juda qulaydir.
-
Sharbatlar uchun mevalar aniq qayerdan olinadi? Qaysi meva qaysi viloyatdan keltiriladi?
Olma, pomidor, uzum, olcha asosan Samarqand va Samarqand viloyatidan. Shu jumladan Agromir kompaniyasining o’z shaxsiy bog’laridan. Anor va behi Surxondaryodan keltirirladi. Malina, maymunjon va qulupnay Toshkent va Toshkent viloyatidan olib kelinadi. Ayniqsa Bo’stonliq tumanidagi malina va maymunjonlar juda ham mazali.
-
Ananas, apelsin va boshqa tropik mevalar qayerdan kelgan? Bu mevalar O’zbekistonda yetishtirilmaydi-ku?! Sharbatga poroshok kukuni qo’shiladimi?
Mahsulotda hech qanday poroshok kukuni yoki qandaydir konservantlar mavjud emas. Agromir kompaniyasi zavodlarida xuddu shunday qilib o’zimisda yetishtirilgan olma, olcha, ejevika (maymunjon), shaftoli, o’rik va boshqa mevalarni quyiltirish orqali sharbat olingani kabi; ananas, mango, apelsin va boshqa ekzotik mevalar yaxshi o’sadigan mamlakatlarda ulardan ortiqcha suvni bug’latish orqali chiqarib yuborib, quyuqlashtirish yo’li bilan sharbatlar ishlab chiqariladi. Mutlaqo tabiiy konsentrat, pasta holatiga yaqin juda ham quyuq sharbat olinadi.
Aynan ushbu konsentrat ekzotik ta’mga ega sharbatlar ishlab chiqarish uchun sotib olinadi.
-
Konservantlar qo’shilmasa, sharbat qanday qilib uzoq muddat davomida buzilmay turishi mumkin?
Ishlov berilgan temperatura, ishlab chiqarishning sterillangan sharoitlari va o’ramning xususiyati quti o’ramlariga joylashtirilgan sharbatlarni bir yilgacha saqlashga imkon beradi. Ultrapasterizatsiya o’tkazish – yuqori bosim ostida isitish, sterilizatsiyaga nisbatan temperatura pasayishi hisobiga ko’p miqdordagi vitaminlarni saqlab qolish imkoniyatiga ega. Aynan yuqori bosim temperaturani kamaytirish imkonini beradi, va bunda barcha zararli bakteriyali florani yo’q qiladi. Tetra Pak o’ramining ko’p qavatli tuzilishi sharbatga yorug’lik va kislorod kirib kelishidan himoyalaydi, shuning uchun ham u bir yilgacha saqlanishi mumkin.
-
Sharbatlarga qanday konservantlar qo’shiladi?
Sharbatlarda, shuningdek nektarlar, tarkibida sharbat mavjud bo’lgan ichimliklar va morslarda ham konservantlar yo’q.
-
«Bliss» SM ostida bir litr sharbat olish uchun qancha kg olma kerak bo’ladi?
1200 grammga yaqin, bunda p’ostlog’i va o’zagini chiqarib tashlash lozimligini hisobga olish kerak.
-
Sharbatlar vitaminlar bilan to’yintiriladimi?
Yo’q, sharbat va nektarlar hech qanday qo’shimchalarsiz ishlab chiqariladi. «Bliss» va «Meva» savdo markasi ostidagi sharbatlarda mevalarning o’z tarkibidagi, faqat tabiiy (tabiatga xos) vitaminlar bor.
-
Agromir kompaniyadi guruhlari qayerga va ninmani eksport qiladilar?
Sharbat Qozog’iston, Ozarbayjon, Tojikiston, Hindiston, Qirg’iziston va Xitoyga eksport qilinadi. Sharbat ko’rinishidagi tayyor mahsulotlardan tashqari kompaniya mevalaridan tayyorlangan konsentrat ham eksport qilinadi. Konsentratsiyalangan, to’yintirilgan sharbatlar Rossiya va Qozog’istonga eksport qilinadi, bu yerda ulardan bir necha turdagi ommabop brendlar qaytadan ishlab chiqariladi.
-
Paketdagi sharbatlar buzilmasligi uchun ularni muzlatgichda saqlash kerakmi?
Sharbat qutisi ochilmaguncha muzlatgichda saqlash shart emas. Sharbatni faqat uning paketi ochilgandan keyin muzlatgichda saqlash kerak, shunda ham bir kundan ortiq saqlab bo’lmaydi. Ushbu vaqtgacha sharbatni ko’pqatlamli germetik o’rami salbiy ta’sirlardan himoya qiladi.
Shunga o’xshash o’ramlarning bir necha qavati bo’lib, ularning har biri muhimdir. Masalan, polietilenning ichki qatlami germetiklikni ta’minlaydi, alyumin folga esa mahsulotning foydali xususiyatlariga zarar yetkazuvchi yorug’lik va havo ta’siridan himoya qiladi, karton o’ramning mustahkamligi va shaklini ta’minlaydi, va nihoyat polietilenning yuqori qatlami uni namdan himoya qiladi. Shuning uchun ham hali ochilmagan sharbat paketini xona haroratida saqlash mumkin, sovutish talab qilinmaydi.