Oddiy tabiiy oq quruq, ishlov berilgan musallas materialini ishlab chiqarish uchun shakarlanishi 17 gr/dm^2 kam bo’lmagan va titrlashtirilgan kislotaligi 6-8 gr/ dm^3 tashkil etgan uzumdan tayyorlanadi.
Texnologik jarayon quyidagilardan tashkil topgan:
- Uzumni ezish
- Uzum atalasini ajratish
- Uzum atalasini tindirish
- Spirtli achitish
Musallas materialini hamirturish cho’kindilarini olib tashlash bilan bir necha marotaba qayta quyish.
Musallas materialiga ishlov berish va filtrasiya.
Uzum atalasi uzumning sifatiga bog’liq holda dozalashtirilgan oltin gugurtli angidrid bilan 100ml/ dm^3 dan 150ml/ dm^3 ga teng bo’lgan darajagacha tindiriladi. Tindirish jarayoni 24 soatdan oshmaydi.
Tindirilganidan so’ng, uzum atalasi dekontirovka qilinib, atalaga hamirturish sof elementlari aralashmasining qo’shilishi bilan achitilishga jo’natiladi. Achitish jarayoni tugaganida va musallas materialiga ochiq rang berilganidan keyin, uni hamirturish cho’kindilaridan ajratib, saqlashga jo’natadilar.
1-1,5 oydan so’ng musallas materialini yana bir bor 200ml/ dm^3 ga teng bo’lgan oltin gugurtli angidrid dozirovkasi bilan qayta quyib chiqib, yana texnologik ishlov berish uchun jo’natiladi. Ishlov berilgan musallas materiallari rangi ochilganidan keyin tindirilishga jo’natiladi.
Ko’rsatkich nomi |
Tavsiflar |
Tiniqligi | Shaffof, cho’kindisiz va begona qo’shimchalarsiz |
Rangi | Ochiq bug’doy poxoli rangidan oltinsimon ranggacha |
Hushbo’yligi | Begona hidlarsiz, musallas materiallari ishlab chiqarilgan uzum navlariga mos |
Ta’mi | Barra, uyg’un, begona ta’mlarsiz |