Bo’sh ish joylari

Ofis menejer

Lavozim majburiyatlari:

- Kirish va chiqish qo'ng'iroqlarini qabul qilish;

- Ma'lumotlar bazasiga ma'lumotlarni kiritish;

- Ish yozishmalarini olib borish;

- Hujjatlar loyihalarini tayyorlash va bajarish;

- Mehmonlarni kutib olish va qabul qilish;

- Tashqi ishlar vazirligi va OVIRda hujjatlarni rasmiylashtirish;

- Kompaniya rahbariyati va hamkorlari uchun turli yo'nalishlarda avia/temir yo'l chiptalarini ro'yxatdan o'tkazish va sotib olish.

Qo’yiladigan talablar:

- Ish yuritish asoslari va ish yuritish odoblarini bilish;

Qo’shimcha talablar:

- Ochiqlik, og'zaki va yozma nutq madaniyati, chidamlilik, odoblilik;

- Mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati.

Ish sharoitlari:

- Munosib va ​​barqaror ish haqi;

- O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy bandlik;

- 5/2 jadval, shanba kunlari 1-2 marta smenalar mavjud;

- Tibbiy sug'urta;

- Imtiyozli kredit berish;

- Qo'shimcha ta'til va pullik ta'til;

- Kompaniya mahsulotlari chegirma bilan;

- Markazda qulay va jihozlangan ofis;

- Do'stona jamoa.

Oylik ish haqi va qo’shimcha shartlar suhbatda muhokama qilinadi.

Rezyumeni quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin: hr@agromir.uz

Monitoring va yuridik xizmatlar bo’limi boshlig’i

Qo’yiladigan talablar:

Ma’lumoti: Oliy iqtisodiy, moliyaviy

Qo’shimcha ma’lumot: qo’shimcha yuridik ma’lumot; MTXS (Moliyaviy Ta’limning Xalqaro Sertifikati) sertifikatining mavjudligi ma’qullanadi

Til bilish:

Rus tili – Erkin so’zlashuv. O’zbek tili – Ma’qullanadi.

Kompyuterni bilish: Ishonchli foydalanuvchi

Ish tajribasi: buxgalteriya, moliya, auditorlik sohasida kamida 5 yil faoliyat yuritish

Ishlab chiqarish sohasi va rahbarlik lavozimlaridagi ish tajribasi ma’qullanadi

 

Qo’shimcha talablar:

- Kirishimlilik,

- Ruhiy zarbalarga chidamlilik,

- Mulohaza yuritish qobiliyati zo’r,

- Tashkilotchilik qobiliyati,

- Hissiyotlarda vazminlik,

- Tirishqoqlik,

- Ehtiyotkorlik,

- Keng ko’lamda fikrlash qobiliyati,

- Normalanmagan ish jadvaliga rozilik  - tayyor turishlik.

Majburiyatlar:

∙ Kompaniya turkumiga kiruvchi barcha korxonalarga metodik rahbarlik qilish, buxgalteriya hisobini tashkillashtirish va olib borish

∙ Ish faoliyatidagi  munozarali, noaniq tomonlarni  ko'rib chiqish

∙ Biznes yuritish uchun ratsionalizatorlik takliflarini kiritish

∙ Biznesdagi foydalanilmagan imkoniyatlarni monitoring va nazorat qilish

∙ Olib borilayotgan tashqi siyosatga mos ravishda  soliq va hisob yuritish siyosati istiqboli va undagi o'zgarishlarni prognozlashtirish  

Ish tartibi:

- 5 kunlik ish haftasi.

- Ish safarlarining mavjudligi.

 

Region bo’yicha menedjer

Xorazm viloyati, Qoraqalpog’iston, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari, Kitob, Shahrisabz shaharlari, Farg’ona viloyati, Qo’qon shahri regionlarida ishlash.

Lavozim majburiyatlari:

  • Ishonilgan hududda distributsiyani rivojlantirish;

  • Mijozlar bazasini kiritish va uni kengaytirish 

  • Faol ravishda yangi mijozlarni izlash.

Qo’yiladigan talablar:

  • Savdo bo’yicha treninglardan (mashqlardan) yaxshi nazariy bilimga ega bo’lish; 

  • FMCG sektorida ishlash tajribasiga ega bo’lishi shart; 

  • Turli darajadagi muzokaralarda o’zini tuta bilish;

  • Savdo prinsiplarini bilish;

  • Savdoni rivojlantirishga qodirligi;

  • Odamlar bilan til topisha bilishi, javobgarligi;

  • Savdo sohasida ish tajribasiga egaligi shart;

  • Avtomobil haydash tajribasi va haydovchilik guvohnomasining mavjudligi shart.

Oylik ish haqi va qo’shimcha shartlar suhbatda muhokama qilinadi.
Rezyumeni quyidagi manzilga yuborish mumkin: hr@agromir.uz 
Formani yuklab oling (forma CV)

Savdo-sotiq vakili

Lavozim majburiyatlari

  • Biriktirilgan uchastkada savdo-sotiqni tashkil qilish
  • prezentasiyalarni tayyorlash va o’tkazish
  • Har bir guruhdagi molning maksimal sotilishining amalga oshirilishini ta’minlash

Talablar

  • Jinsi:ahamiyati yo’q
  • Yoshi:18-25
  • Talab qilinayotgan ish tajribasi: ahamiyati yo’q
  • Maoshi: kelishilgan
  • Ma’lumoti: ahamiyati yo’q
  • Qo’shimcha talablar: Ish tajribasi ma’qullanadi


Oylik ish haqi va qo’shimcha shartlar suhbatda muhokama qilinadi.
Rezyumeni quyidagi manzilga yuborish mumkin: hr@agromir.uz 
Formani yuklab oling (forma CV)