Shu yildan boshlab biz o'z tariximizni boshladik. Aynan Samarqand viloyatidagi "Kish-Mish" zavodi ishga tushirildi va mahsulotlarning birinchi partiyasi ishlab chiqarildi. Hozirgi kunda uning tarixi va an'analarini "AGROMIR" MChJ jamoasi davom ettirayapti.
Butun tarixi mobaynida korxona muntazam ravishda rivojlanib, modernizatsiyalashib kelgan, yangi texnologik uskunalar xarid etilgan. Jumladan, mustaqillik yillarida korxona “BucherBeuer AG” (Shveytsariya), “BertuzziS.p.a.” (Italiya), shuningdek, “MembraflovFiltersystem” (Germaniya) Kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan konsentratlashgan sharbat, pyure va pastalarni ishlab chiqarish bo’yicha texnologik tarmoqlarni xarid qildi.
Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish uchun imkoniyat asosan korxona xorijiy ta’sischilarining sarmoyalari orqali yaratildi.
2009-yilda korxona ISO 9001:2008 Sifat Menejmenti Tizimi bo’yicha sertifikatsiyadan o’tkazilgan.
2011-yilda korxona TetraPakService S.A. (Shveytsariya) Kompaniyasining tabiiy meva va sabzavot sharbatlari va nektarlarini ishlab chiqarish va 0,2 va 1 litrli o’ramlarga quyish uskunasini xarid qilib, o’rnatib ishga tushirdi.
Bugungi kunga keldi Agrofirma “AGROMIR” MCHJ ishlab chiqarish quvvatlarida “BLISS” va “MEVAJUICE” kabi respublikamizda mashhur sharbat brendlari, shuningdek “MARINELLE” va “AGROMIR” brendlari ostidagi konserva mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Shu bilan birgalikda, konserva mahsulotlari buyurtmachilari qatorida “Lorado” va “Korrado” kabijahonda mashhur brendlar huquqlari sohiblari ham bor.
Guruhning yana bir yirik korxonalaridan biri – bu Toshkent viloyatida joylashgan MChJ “GAZALKENT MEVA” dir. Ushbu korxonaning tarixi 1943-yildan, ya’ni Ulug’ Vatan urushi yillarida Grozniy shahridan O’zbekiston Respublikasiga texnologik quvvatlarining evakuasiya qilinishidan boshlanadi. 1991-yilga qadar korxonaning nomi “G’azalkent konserva zavodi” deb yuritilgan.
2008-yildan korxona ta’sischilari tarkibiga xorijiy investor kiritilib,korxona “Xorijiy sarmoyaga ega korxona” maqomini qo’lga kiritadi.
2008-yilda korxonani modernizatsiyalash doirasida “BucherBeuer AG” Kompaniyasi tomonidan konsentratlangan olma sharbatini ishlab chiqarish uskunasi o’rnatilib ishga tushiriladi.
Shu vaqtdan boshlab korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotning asosiy qismi MDH mamlakatlariga eksportga jo’natiladi.
2010-yilda korxona ISO 9001:2008 Sifat Menejmenti Tizimi bo’yicha sertifikasiyadan o’tkaziladi.
Bugungi kunga kelib korxona konsetratlangan sharbat, pyure va pastalarni, shuningdek litsenziya asosida “Marinelle” va “AGROMIR” konserva mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi.
“AGROMIR ZARKENT” MCHJ Toshkent viloyatining Parkent tumanida joylashgan bo’lib, “Zarkent” musallaschilik punktining ishga tushirilganligi qabul qilinishadan boshlab o’z faoliyatini boshlaydi.
2006 yildan korxonaga xorijiy investor ta'sischi bo'ldi.
2006 yildan 2008 yilgacha bo'lgan davr oralig'ida korxonadagi mavjud binolar qaytadan qurildi va yangi omborxona binolari, laboratoriyalarni qurish ishlari olib borildi, shuningdek vino materiallari ishlab chiqaruvchi "DELLA TOFFOLLA" (Italiya) kompaniyasining asbob-uskunalarini sotib olish va ularni o'rnatish yo'li bilan ishlab chiqarish modernizatsiya qilindi (takomillashtirildi). Amalga oshirilgan tadbirlar ushbu sohadagi ilg'or tajribadan maksimal darajada unumli foydalanish va ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini beradi.
2010 yilda korxona ishlab chiqarayotgan mahsulot ISO 9001:2008 sifat menedjmenti tizimidan olingan sertifikat bilan tasdiqlandi.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning asosiy qismi eksportga chiqarilmoqda.
“AGROMIR” Kompaniyalar guruhiga kiruvchi deyarli yosh hisoblanuvchi va konsentratlangan sharbat, pyure va pastalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar ichiga "AGROMIR” MCHJ Buxoro va Namangan fililallari korxonalari kirigan. Ularning tarixi 2002-yildan boshlanadi.
Shu bilan birgalikda ta’sischilar yig’ilishi qarori bilan Namangan viloyatining Chust shahrida “Chust Golden Fruit ltd”. MCHJ tashkil qilingan.
Korxona faoliyatining mulkiy negizini uning qurilishi davrida birja savdolarida sotib olingan Chust shahri qishloq xo’jaligi mahsulotlarining tayyorlash bazasi tashkil qiladi.
2003-yildan ta’sischilar qatoriga horijiy investorining kiritilishi bilan korxona “horijiy sarmoyalarga ega korxona” maqomini qo’lga kiritdi.
Shu yilning o’zidayoq korxona “AlbertoBertuzziSpA” (Italiya) kompaniyasining mevali pyure va tomat pastasini ishlab chiqaruvchi zamonaviy uskunasi o’rnatilib, ishga tushirildi.
“AGROMIR” MCHJ Buxoro filiali Buxoro viloyatida joylashgan bo’lib, Agrofirma “Fruit World Ltd” MCHJ negizida o’z faoliyatini yuritadi.
Shu yilning o’zidayoq korxona tomonidan birja kontrakti asosida Buxoro viloyatining qishloq va suv xo’jaligiga tegishli “Yem-hashak ishlab chiqarish bo’yicha qishloq xo’jaligi korxonalari” ishlab chiqarish bazasining mulkiy majmuasi xarid qilindi.
2004-yildan korxona “horijiy sarmoyalarga ega korxona” maqomini qo’lga kiritdi.
2005-2009-yillar mobaynida korxonada ishlab chiqarishni modernizasiyalashtirish va “AlbertoBertuzziSpA” (Italiya) va “BucherBeuer AG” (Shveysariya) kompaniyalarining konsentratlangan sharbat, pyure va pastalarini ishlab chiqarish bo’yicha texnologik uskunasining o’rnatilishi va ishga tushirilishi amalga oshirildi.
Konsentratlar eksportini boshlash.
"Bliss" brendi va Tetra Pak Square qadog'i ostida sharbat va nektarlar, shuningdek 2008 yilda "Marinelle" brendi ostida meva va sabzavot konservalarini ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.
Turli mamlakatlar bozorlariga eksport mahsulotlari chiqarishni boshlash.
Bliss ning Tetra Pak Prisma o'ramiga o'tishi.
"Mevajuice" brendi ostida sharbat va nektarlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.
AGROMIR GROUP korxonasining ko'p yillik ish tajribasining ishlab chiqarishni muntazam modernizatsiyalash bilan birga olib borilishi bizlarga eng yuqori sifatli mahsulotni ishlab chiqarishga erishish va bu bilan iste'molchilarni xursand qilishga imkon yaratadi.
"AGROMIR" Kompaniyasi Guruhlari tarkibiga kiruvchi har bir korxona to'g'risidagi to'liq ma'lumotlarni bu yerda olishingiz mumkin.
Bliss o'ramining restaylingi.
2015 yilda korxona "Tetra Pak Global Distribution" (Shveytsariya) kompaniyasining 1 litrlik hajmdagi o'ramlarga sharbat va nektarlar quyish bo'yicha uchinchi liniyani sotib oldi, montaj qildi va ishga tushirdi.
AGROMIR kompaniyasi Guruhlarining o'ziga xos tomonlaridan biri - bu o'z ichiga barcha jarayon - xom ashyoni tayyorlashdan boshlab tayyor mahsulotni sotishgacha bo'lgan bir-biriga tutashib ketgan dayr hisoblanadi.
"AGROMIR" MChJ Kompaniyasi ISO/TS 22002-1 ga muvofiq FOOD SAFETY SYSTEM CERTIFICATION talablariga javob beruvchi sifatida baholandi va sertifikatlashtirildi.
Bliss o'ramining restaylingi.
Meva ning Tetra Pak Prisma o'ramiga o'tishi.
Bliss Savdo Markasining 10 yilligi!
2019 yilda "AGROMIR" kompaniyalar guruhi va "MARINELLE" meva-sabzavot mahsulotlarining savdo markasi ushbu liniyada yangi mahsulotlarni sotishni boshladi:
Konservalangan no'xat
Konservalangan makkajo'xori
Quyultirilgan sut
"MARINELLE" dan konservalangan no'xat va konservalangan makkajo'xori faqat tanlangan butun donalar bo'lib, ularning ta'mi sizning e'tiboringizga loyiqdir.
2020 yilda AGROMIR kompaniyalar guruhi "BLISS" va "Meva Juice" brendlaridagi sharbatlar qatorini kengaytirdi.
"BLISS TROPIC" sub-liniyasi o'ziga xos tropik sharbatlar ishlab chiqdi:
- Mango-olma,
- Ehtirosli mevalar-gilos,
- Banan-olma.
"Meva Juice" brendi yangi ichimliklar va nektarlar qatorini taqdim etdi:
- Olma-nok
- Pomidor
- Qulupnay-limon.
Shuningdek, bu yil "Bliss Trolls" brendining qadoqlash dizayni o'zgartirildi.
2021 yil – Bliss mahsulotlar qatorida yangi sharbatlar.
Joriy yilning oktyabr oyida Bliss liniyasi yangi tropik sharbatlar bilan to'ldirildi:
- Ananas-kokos
- Mango-Aloe Vera
Kompaniyamiz iste'molchilarimizni yangi sharbatlar bilan xursand qilishga intiladi.
Noyabr oyida biz Bliss Active + oilasida yangi qatorni yo'lga qo'ydik. Faol va zamonaviylar uchun zamonaviy meva balansi.
Detox - limon, olma, uzum va ismaloq aralashmasi
Energiya - apelsin, limon va olma aralashmasi
Immuno - kizil, aroniya, olma, anor va smorodina aralashmasi
Mevalarning barcha foydalari bitta paketda.
2022 yilda biz jajji iste'molchilarimizga yangilik tqadim etdik.
Biz qisman sharbatlarimizni butunlay qayta ishga tushirdik. Bolalarga foydali bo'lgan Bliss Smile bolalar sharbatlarining butun qatori endi faqat 100% shakarsiz sharbatlar yo'lga qo'yildi.
Yangi 200ml va 125ml formatdagi sharbatlar uch va undan katta yoshdagi bolajonlarga o'z zavqini ulashadi.
Bliss Smile qatorining turli xil ta'mlari bizning veb-saytimizda taqdim etilgan.tilgan.
Bliss va Meva Juice yangi dizaynda
Bliss brendi o'zining 15 yilligini nishonlash uchun sharbatining yangilangan dizaynini taqdim etishdan mamnun. Yangi dizayn brendning zamonaviy elementlari va an'anaviy xususiyatlarini birlashtirib, sifat va ta'mga bo'lgan sodiqlikni ta'kidlaydi. Tashqi ko'rinishning bu yangi evolyutsiyasi Blissning ko'p yillik muvaffaqiyatini nishonlash va uning ichimliklar bozoridagi ahamiyatini ta'kidlash uchun mo'ljallangan.
Meva Juice sharbatlari va nektarlari yangilangan qadoqlash dizaynini taqdim etdi.
Yangi ko'rinish yorqin mevalar va elementlarni birlashtirib, mahsulotga zamonaviy ko'rinish beradi, shu bilan birga brendning taniqli xususiyatlarini saqlab qoladi. Zamonaviy dizayn, ajoyib ta'm va yuqori sifat-MEVA har kuni meva bayrami.
Halol Sertifikati
Biz xalqaro sertifikatlash organi "CERT International" MChJ tomonidan Halol sertifikatiga ega bo'ldik. Ushbu organ Birlashgan Arab Amirliklari Sanoat Vazirligi tomonidan akkreditatsiya qilingan bo'lib, Bliss va Meva Juice mahsulotlarimizning amaldagi assortimentini qamrab oladi!
Bizning mahsulotlarimiz Islom qonunchiligi talablariga to'liq mos kelishini va Halol sertifikati bu haqiqatni tasdiqlashini mamnuniyat bilan e'lon qilamiz.
Agromir oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo'yicha navbatdagi sertifikatsiyadan muvaffaqiyatli o'tdi. Sertifikat Bureau Veritas Certification kompaniyasi tomonidan berildi. Sertifikatsiya sxemasi quyidagi standartlarni o'z ichiga oladi:
- FSSC 22000 (Oziq-ovqat xavfsizligi tizimi sertifikatsiyasi 22000): ISO 22000 va oziq-ovqat sektori uchun texnik spetsifikatsiyalarga asoslangan xalqaro standart.
- ISO 22000:2018: oziq-ovqat xavfsizligi boshqaruv tizimi uchun talablarni belgilovchi standart, oziq-ovqat ta'minot zanjiridagi barcha tashkilotlarni qamrab oladi.
- ISO TS 22002-1:2009: ISO 22000 ni to'ldiruvchi va oziq-ovqat ishlab chiqarish uchun dastlabki shartlar dasturlari uchun talablarni belgilovchi texnik spetsifikatsiya.
Ushbu standartlar Agromir mahsulotlarining xalqaro xavfsizlik va sifat talablari bo'yicha muvofiqligini tasdiqlaydi, ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida yuqori standartlarni ta'minlaydi.