Abdurahim o’z ishini Agromir kompaniyasida 2011 yilning fevralidan ombor ishchisi lavozimidan boshlagan. O’zini faol va mas’uliyatli ishchi sifatida ko’rsatgan Abdurahim, 2012 yilning noyabrida omborchi lavozimiga o’tkazildi.
Ishchanlik, ishga vijdonan munosabatda bo’lish va matematik o’tkir aql Abdurahimga 2013 yilning oktabrida logistika bo’limining mutaxassisi bo’lishga yordam berdi, 2014 yilning oktabrida esa u ombor mudirining o’rinbosari lavozimini egalladi.
Hujjatlashtirish ishlarini tushunishi va o’z kasb mahoratini oshirishga bo’lgan istagi bizning xodimimizning karyerasi o’sishiga yordam berdi.
2014 yilning dekabridan boshlab Abdurahim Agromir kompaniyasida ombor mudiri lavozimida o’z ishini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda. U rahbariyat va o’z hamkasblari bilan juda yaxshi munosabatda.