Salom, qadrli Agromir.

Potrebitel.uz guruhi nomidan senga xat yozmoqdamiz. Xatimizning birinchi satrlaridanoq sening guruhimizga bo'lgan qamxo'rliging, e'tiboring uchun tashakkur izhor qilmoqchimiz. Har yili sen bizni mehmonga taklif qilasan, va bizlarni o'z yaqinlaringdek kutib olishga zo'r berib harakat qilasan. Sen bizlarni Toshkentdan to'rt yuz kilometr naridagi sehrli Samarqand shahriga olib borasan, o'zingning ko'rkam zamonaviy zavodingni ko'rsatasan, mehmon qilasan va go'zal shahar bo'ylab sayr qildirasan.

Biz shuni anglab yetdikki, bizlar sertashvish va oddiy bo'lmagan mehmonlarmiz. Bizlarning sening katta zavodingda  har bir burchakka kirib chiqishga, barcha lampochkalar, tutqichlar va tugmachalarni ushlab ko'rish va aylantirishga aqlimiz yetadi. Biz hech kim suratga olishi mumkin bo'lmagan joyni suratga olamiz va yuzlab eng aldamchi savollarimizni beramiz. Biz sening sharbatingni litrlab ichamiz, bunda yana sendan bu sharbatlar siqib olingan mevalarni ko'rsatishingni talab qilamiz. Bizlar uy kattaligidek hajmdagi ko'plab sharbatlar siqib chiqarilgan birinchi bochkaning jo'mraklarini burab qo'ymagunlarigascha, toki sharbat siqib olinadigan sexdan sudrab olib chiqmagunlarigacha shu yerda bo'lamiz. Bilasanmi, bular qanday bochkalar. U yerda yangi siqib olingan, quyuq, tiniq bo'lmagan, siqib olingandan keyin ko'piklari bilan nordongina sharbat yig'iladi.

Agromir, sen yana  bizlarni ishonmaydi deb o'ylamagin, sening sharbatlaring eng tabiiysidir. Biz bularni basseyn (sun'iy hovuz) yonida tonnalab olmalar turganida va butun hudud bo'ylab quyoshda gektarlab sharbati siqib chiqarilgan olmalar quritilayotganini ko'riboq anglaganmiz. O'tgan yili esa bizlar olcha danaklari ortilgan ketma-ket tizilgan yuk mashinalarini ko'rganmiz. Ha-ha, bizlar sharbat siqib chiqariladigan sex devorlariga chiqib oldik, va u yerda mevalardan sharbat siqib olingandan so'ng qolganlari to'kiladigan sharbat siqgich trubalarini topib oldik. Sen bizlardan xafa bo'lma, bizlarning Potrebitel.uz guruhimiz hamma yerga hozir, bizlar hammasini tekshirib ko'rishimiz kerak. Haqiqatdan ham bizlarga sening zavodingda bo'lish qiziqarli, va bizlarning nimalarni ko'rganimiz va nimalar qilganimiz bilan  juda ham maqtangimiz kelyapti. Bizlar sening super laboratoriyangdagi hamma konsentrasiyalangan, to'yintirilgan sharbatlar va pyurelarni yeb qo'ymadik deb o'ylaymiz. Juda ham mazali va yoqimli edi.

Va yana shuni tan olishimiz kerakki, bizlar  qopqog'I ko'chirilgan bir quti sharbatni konveyerga qo'yib qo'ydik. Biroq qandaydir shayton-avtomat uni urdi va konveyerdan polga tushirib yubordi. Bizlar uzr so'raymiz, bizlar konveyer uni o'tkazadimi yoki yo'qmi, tekshirib ko'rmoqchi edik. U o'tkazmadi. Bizlar qutini o'sha yerda qoldirdik. 

Agromir, bizlar  sen haqingda va,  Bliss va Meva sharbatlari haqida, Marinelle bankalaridagi karsillagan bodring va pomidorlar haqida hammaga so'zlab berdik. Sharbatlar haqida esa  olmadan boshlab konveyerdagi quti ichidagi sharbatni ishlab chiqarishgacha bo'lgan jarayonni o'z ko'zimiz bilan ko'rganimiz haqida hammaga hikoya qilib berdik. Va uning ichiga hech qanday mo'jizaviy konservantlar qo'shilmaydi. Rang beruvchi moddalar ham qo'shilmaydi. Shunchaki, sharbat mevalardan siqib olinadi, filtrdan o'tkaziladi, kerakli quyuqlikkacha quyuqlashtiriladi, bosim va harorat ostida sterilizatsiya qilinadi. Va faqat sen vitaminlarni maksimal darajada  saqlab qolish uchun sterilizatsiya temperaturasini tekshirib turasan. 
Bizlar bu yerda, Toshkentda, senikida mazasini tatib ko'rgan Marinelle tomat pastasini sotib oldik. Juda mazali. Ayniqsa uni eritib, qovurilgan tovuq yoki kabobga tomatli sous (qayla) sifatida foydalanilsa. Rahmat. 

Katta iltimos: sizlarning texnologingiz Natalya Gluxovaga bizlarning nomimizdan alohida ehtirom, ular bizlarga shunchalik yoqib qoldilarki, hattoki biz ularni o'zimiz bilan Toshkentga olib ketmoqchi bo'ldik. Juda ajoyib mutaxassis. 

Va yana direktor o'rinbosari Fazliddin aka Mordanovga bizlarning nomimizdan salom ayt, u juda ham ajoyib inson, u kishi bilan zavodda yurish qiziqarli edi. 

Laboratoriyadagi qizlar va sexdagi yigitlarga ham bizlardan ta'zim va rahmatlarimizni yetkazib qo'y.

Va yana sening zavoding oshxonasidagi oshpazlarga ham. Samarqandcha osh haqiqatdan ham juda ajoyib edi. 

Sen yana bizni o'ziga xos ta'mga ega bo'lgan qatiq bilan mehmon qilding. Biz bilamizki, Agromir, bu qatiq  sening yordamchi xo'jaligingda tayyorlangan. U yerdagi sigirlar muntazam meva qoldiqlarini yeydilar, shuning uchun ham ularning sutlari juda mazali. Qatig'i ham jida quyuq, qoshiq solsang, turadi. Yordamchi xo'jalik ishchilariga ham bizlarning nomimizdan katta rahmat aytib qo'y. 

Va yana marketing bo'limi qizlariga ham, ular bizlar haqimizda o'z yaqinlaridek g'amxo'rlik qildilar. 

Xullas, Agromir,sening zavodingga qilgan safarimiz, bizlar uchun nihoyatda katta sovg'a bo'ldi. Guruh moderatorlarining aytishicha, guruhdagi 100 dan ortiq kishi senikida, Samarqandda mehmon bo'libdilar. To'g'risini aytsak, bizning guruhimizda 100 mingdan ortiq kishi bor. Modomiki shunday ekan, hurmatli Agromir, marxamat qilib bizlarni yana mehmonga chorla. Bizlar mamnuniyat bilan yana borar edik, yana juda ko'plab insonlar borishni xohlaydilar. 
Agromir, shuning bilan senga xayr deymiz. Bliss va Meva sharbatlarini ichamiz va seni eslaymiz. Sabrsizlik bilan yangi uchrashuvlarni kutib qolamiz. Qiziqarli ekskursiya, bizlarga bo'lgan e'tibor uchun, sening mazali sharbatlaring uchun senga rahmat! 

Ana endi savol va javoblar vaqti keldi.

Iste'molchi.uz guruhi qatnashchilari Bliss va Meva sharbatlari ishlab chiqaruvchi Samarqand zavodiga ekskursiyaga hozirlik ko'rar ekanlar, zavod rahbarlari va xodimlariga 600 dan ortiq savollar berdilar. Biz takrorlarni tashlab ketamiz va eng ommabop savollarga berilgan javoblarni keltiramiz. Agar biror-bir muhim savollarga javoblar aytmagan bo'lsak, siz bu savolni har qachon konkurs mavzusida berishingiz mumkin. 

Agromir qayerga va nima eksport qiladi? Siz o'z mahsulotingizni AQSh lariga eksport qilasiz, shu to'g'rimi?

Ha, to'g'ri. AQSh lariga sharbatlarni eksport qilish joyi mavjud. Shuningdek, Qozog'iston, Turkmaniston. Afg'oniston, Xitoy, Hindiston va Yaponiyaga. Sharbatlar kabi tayyor mahsulotlardan tashqari bizning mevalarimizdan tayyorlangan tayyor konsentratlar ham eksport qilinadi. Konsentrlatsiyalangan, to'yintirilgan sharbatlar Rossiya va Qozog'istonga eksport qilinadi, bu yerda ulardan bir nechta ommabop brendlar ostidagi sharbatlar qaytadan tiklanadi. 

Sharbatlarni vitaminlar bilan to'yintirasizlarmi?

Yo'q, hech narsa qo'shmaymiz. Bliss va Meva sharbatlarida mevalarning o'z tarkibidagi tabiiy (tabiatga xos) vitaminlar mavjud.

Bir litr Bliss sharbatini olish uchun necha kg olma kerak bo'ladi?

1200 gr ga yaqin. Po'stlog'I va o'zagini chiqarib tashlash kerak.

Qanday konservantlar ( konservalangan oziq-ovqatni buzilishdan saqlovchi modda) qo'shiladi?

Hech qanday. 

Agar konservantlar qo'shilmas ekan, u holda sizning sharbatingiz uzoq muddat davomida qanday qilib buzilmasdan turadi?

Agar siz uyda konservatsiya qilsangiz, siz ham konservantlar qo'shmaysiz. Faqat toza, oksidlanmaydigan idish - bankada sterilizatsiya qilasiz. Bizlar esa ultrapasterizatsiya qilamiz - bu yuqori bosim ostida isitish. Ultrapasterizatsiya sterilizatsiyaga nisbatan temperatura pasayishi hisobiga ko'plab vitaminlarni saqlab qolish imkoniga ega. Aynan yuqori bosim temperaturani kamaytirish imkonini beradi, va bunda barcha zararli bakteriyali florani yo'q qiladi.

Ananas, apelsin va boshqa tropik mevalar qayerdan kelgan? Bu mevalar bizda yetishtirilmaydi-ku. Poroshok kukuni qo'shiladimi? (bu yerda ayyorlik bilan ko'z qisiladi)

Hech qanday poroshok kukuni. Bizlar o'zimizda yetishtirilgan olma, olcha, smorodina (qorag'at), ejevika (maymunjon), shaftoli, o'rik va boshqalarni quyultirganimiz kabi, ananas, mango, apelsin va boshqa ekzotik mevalar juda yaxshi o'suvchi mamlakatlar ham xuddi shunday usulda, mevalarni bug'latish orqali  ortiqcha suvni chiqarib yuborib, quyultiradilar va sharbat ishlab chiqaradilar. Mutlaqo tabiiy konsentrat, pasta holatiga yaqin juda quyuq sharbat olinadi. Ana shuni biz sotib olamiz. Asosan Isroildan olamiz, u yerning sifati juda yaxshi. Sizning guruh qatnashchilaringiz uni totib ko'rishgan:)

Sharbatlar uchun mevalar aniq qayerdan keltirilgan? Qaysi meva qaysi viloyatdan?

Olma, pomidorlar, uzum, olcha - asosan Samarqand va Samarqand viloyati atroflaridan. Shu jumladan, Agromirning o'z shaxsiy bog'laridan. Anor va behi Surxondaryodan keltiriladi. Malina, maymunjon va qulupnay Toshkent va Toshkent viloyatidan olib kelinadi. Ayniqsa Bo'stonliq tumanidagi malina va maymunjonlar o'ziga xos mazaga ega.  

Sharbatni tiklash uchun siz qanday suvdan foydalanasiz? Qanday qilib filtrdan o'tkazasiz? 

Agromirning o'z xususiy artezian qudug'I bor, bu yerdagi suv nihoyatda toza va yuqori sifatli bo'lib, sharbatlarni normallashtirish uchun juda qulaydir. Faqat undangina foydalanamiz. 

"Qishki" va "yozgi" sharbatlar bir-biridan farq qiladimi?

Sevimli sharbatingizning aniq mazasini xaridorga kafolatlash, o'sha sharbat ishlab chiqarilgan davrda ayniqsa yaxshi bo'lgan har bir meva konsentratidan tiklangan sharbat orqali amalga oshiriladi. Bu usul yil fasllariga bog'liq bo'lmagan holda, har bir partiyani (turkumni), belgilangan ta'm, shirin mazasi, hidi va quyuqligini kafolatlaydi.

Iste'molchilarning eng sevimli savoli - kimdir sharbatda ko'rib qolgan mog'orlar haqida.

Bliss va Meva sharbatlari konservantlar qo'shilmasdan tabiiy bo'lib, bas shunday ekan, xuddi har qanday tabiiy sharbatda bo'lgani kabi bunda ham mog'or paydo bo'lishi mumkin. Mog'or konservantlar bilan birga yashamaydi. Biroq! Mog'or paydo bo'lishi uchun, uning sporalari quti ichiga kirishi kerak. Agromirning ishlab chiqarish liniyalari shunday o'rnatilganki, ishlab chiqarish jarayoni vaqtida hech qanday bakteriya yoki sporalar sharbat ichida tirik qolmaydi. Sikl (ishlab chiqarish sikli - jarayoni) mutlaqo yopib tashlangan. Shunday qilib, agar sharbatda mog'or paydo bo'lgan ekan, buning sababi bitta - quti razgermetizatsiyasi, qutining germetikligi buzilgan.

Ya'ni qutida havo kiradigan teshik bo'lishi mumkin, bu esa mog'or sporalarining urug'lanishiga olib kelishi mumkin.

- Bu razgermetizatsiya - germetiklikning buzilishi  qayerda bo'lgan - mana bu savollarning savoli. 

- Qutini yuklanayotganda yoki savdo shahobchasiga transportda olib borgunga qadar yo'lda shikastlashlari mumkin.  

- Qutiga savdo shahobchasida zarar yetkazishlari mumkin.

- Inson omili ham bo'lishi mumkin, biroq bu Agromir zavodida juda kam uchraydigan hodisa, bu yerda har bir quti sharbat kuchli datchiklarning (qabul qiluvchi va uzatuvchi qurilmalarning) ko'plab tekshiruvlaridan o'tadi. Bu sodir bo'lishi mumkin bo'lgan yagona asos - bu konveyer to'satdan to'xtab qolgan vaqtda yuz berishi mumkin. 

- Shunday vaziyatlar bo'lganki, savdo shahobchasida insofsiz odamlar himoya halqasini buzib, qopqog'ini ochganlar. Sharbatni ichganlar, qopqog'ini yopganlar va joyiga, peshtaxtaga qo'yib qo'yganlar. Ayniqsa shunga o'xshash hodisalar aksiyalar o'tkazilayotgan vaqtda tez-tez sodir bo'ladi.

Shuning uchun sharbat sotib olayotganda, himoya halqasi butunligini albatta tekshiring. U qopqoqqa jips yopishgan va mahkamlangan bo'lishi kerak. Mana biz konveyerdan bir qutini oldik va qopqog'ini buradik, himoya halqasi pastga qarab qoldi. Bu suratda aniq ko'ringan.

Qutidagi sharbatni ohista siqib, siz undan havo chiqayaptimi yoki siqilmay qolyaptimi, sezishingiz mumkin.

Muammo nimadan kelib chiqqanini aniqlash mumkinmi?

Albatta mumkin. Buning uchun xaridor muammoli sharbat qutisini taqdim etishi kerak. Har bir partiya - turkumning sharbat namunalari zavoddagi maxsus arxivda yil davomida saqlanadi. Uni savdo shahobchasidagi quti bilan taqqoslash mumkin. Agar namunada muammo bo'lmasa, demak ushbu turkumdagi barcha qutilarda ham muammo yo'q. Keyin esa shikastlangan o'ramni va mog'orni o'zini o'rganish kerak. Juda ko'p mog'or turlari mavjud. Aksar hollarda ularning turiga qarab u qanday sharoitlarda qutiga tushib qolganini aniqlash mumkin. Har qanday holatda ham buning sababi razgermetizatsiya bo'lib, buni oshkor qilish kerak. Agromir zavodi xodimlari har doim o'z laboratoriyalariga sharbatni ekspertizadan - tekshirishdan o'tkazish, shuningdek mustaqil laboratoriyalarida ekspert tekshiruvini o'tkazishga tayyorlar. Chunki ular o'z mahsulotlariga ishonadilar. 

Deyarli birinchi siqilgandan keyingi, tindirilmagan sharbatni ishlab chiqarish yaxshi emasmi?

Sizning qatnashchilaringiz bizlardan ishlab chiqarish liniyasining ishlash jarayoni vaqtida olingan birinchi siqilgan sharbatning mazasini totib ko'rish uchun to'pladilar.Biz bu savolni kutmagan edik, shuning uchun ham chiroyli idishga emas, balki oddiy toza bankaga yig'dik. Siz uni texnolog Natalya Gluxova qo'llarida ko'ryapsiz.  

Shuning uchun ham bizning sharbatimiz toza qahrabo rangiga kirguncha filtrdan o'tkaziladi. Agar meva birinchi marta siqilganidan keyin olingan va filtrdan o'tmagan sharbatga talab bo'lganda edi, bizlarda ham uni sterilizatsiya qilish va quyish muammolari bo'lmas edi. Biroq hozircha unga talab yo'q.  

Sharbat, nektar, mors va tarkibida sharbat mavjud bo'lgan ichimlik nimasi bilan bir-biridan farq qiladi?

Sharbatlarda mevalar  100% ni tashkil qilishi kerak. Standart bo'yicha sharbatga hattoki 1,5% dan ortiq shakar qo'shish mumkin emas. Aks holda bu sharbat hisoblanmaydi. Kislotalilik regulyatori (kislotani tartibga solib turuvchi) esa mumkin. Yana quyuq konsentrat uchun sharbar quyuqligini kerakli holatga keltirish uchun suv kerak bo'ladi. Qolgan barcha ishlab chiqarilayotgan ichimliklarga eng yaxshi maza darajasiga yetishishi uchun turli foizlarda shakar, nordon maza beruvchi modda, mevalar aralashmasi va suv qo'shiladi.

Nima uchun qovun, tarvuz va qovoqdan sharbat olinmaydi?

Ularga talab yo'q. Bizlar O'zbekistonda bu mahsulotlarni tabiiy holda iste'mol qilishga o'rganganmiz, narxlari ham uncha baland emas. 

Umuman shakarsiz sharbatlar ishlab chiqarishni rejalashtiryapsizmi?

Bizlar uni anchadan beri ishlab chiqaramiz. Olmali, anorli va tomatli Bliss sharbatlari toza tabiiy shirin ta'mga ega. Ularni ishlab chiqarishda biz ularga shakar qo'shmaymiz. Butunlay.

Ha aytmoqchi, pomidor sharbati haqida. Nimaga u sizlarda sho'r emas?

Shuni hisobga olishimiz kerakki, tuz o'ziga xos komponent. Har bir xaridor sharbatni qancha tuz bilan iste'mol qiladi va unga qaysi biri mazali, o'zi hal qiladi. Tuzni har doim ta'bga qarab qo'shish mumkin. Sharbatdan esa tuzni ajratib olib bo'lmaydi.

Bliss va Meva ishlab chiqarishda ISO standartlari joriy etilganmi?

Korxonada ISO 9001:2008 sifat menedjmenti tizimining "Sifat menedjmenti tizimi" va ISO 22000:2005 ning "Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi menedjmenti tizimi" va FSSC 22000 amal qiladi, shu jumladan FIFO (First in-First off) tizimi ko'zda tutilmoqda, bu shuni bildiradiki, "birinchi kelgan - birinchi ketadi". Faqat arxiv xonasidagi mahsulotlar qoladi (ishlab chiqarilgan mahsulotning har bir partiyasidan mahsulotlar saralab olinadi va bir yil mobaynida saqlash uchun arxiv xonasiga jo'natiladi). Saqlashdan bir yil o'tgandan so'ng qaytadan fizik-kimyoviy va mikrobiologik tekshirishlar o'tkaziladi.

Epilog  - Xotima

Bliss va Meva sharbatlari ishlab chiqarish zavodiga ekskursiya qilgan ishtirokchilarda zavod xodimlariga savollar qolmadi. Ular bu yerda bir necha soat davomida vaqtlarini ajoyib tarzda o'tkazdilar va hammasini o'z ko'zlari bilan ko'rdilar. Rahmat, Agromir!

Mulohazalardan:

 - Men juda xursandman! Agromir xodimlari naqadar mehmondo'stlarki, bizlarni  yaqin qarindoshlaridek qabul qildilar! Endi men barcha yaqinlarimni ularning mahsulotlarini sotib olishlarini targ'ib  qilaman va ularga ishonaman! Tashkilotchilarga alohida tashakkur! Sizlar beqiyossiz! 

- Ajoyib sayyohat. Tashkilotchilarga rahmat!!!

- Agromir texnologi Natalyaga rahmat, hamma savollarga javob berdi !!! Liliya Nikolenkoga Samarqandga sayyohat uyushtirganiga, sehrli Samarqand haqidagi qiziqarli hikoyalari uchun rahmat. Hammaga rahmat, juda ajoyib va ahil kompaniya bo'ldik! 

- Barcha tashkilotchilarga esda qolarli kun uchun katta rahmat! Agromir Kompaniyasiga farovonlik va yangi yutuqlar tilayman! Zo'r bo'ldi!

- Hammaga qiziqarli sayyohat, taassurotlar uchun rahmat. Ajoyib bo'ldi. 

- Samimiy qabul qilgani uchun Agromir kompaniyasiga, barcha tashkilotchilar va ishtirokchilarga katta rahmat! Yorqin taassurotlar va hissiyotlar juda ko'p. 

- Tashkilotchilar, moderatorlarga rahmat, o'zimni yomon his qilayotgan bo'lishimga qaramasdan, bu juda zo'r sayyohat bo'ldi. Iste'molchi tufayli mening bilim doiram juda kengaydi. Endi men barcha narsani farqlay olaman, sharbat va kolbasalardan tortib, laminatgacha. 

- Ajoyib sayyohat. Tashkilotchilarga rahmat!!!

- Barcha tashkilotchilar va ishtirokchilarga katta rahmat! Bu bilim olish uchun xizmat qiladigan va qiziqarli sayyot bo'ldi! Men katta huzur-halovat oldim!

- Tashkilotchilar va ishtirokchilarga rahmat.

- Ajoyib fotosuratlar, qiyosi yo'q sayyohat, qiziqarli ekskursiya! Liliya Nikolenko so'zlab bergan qadimiy Samarqand to'g'risidagi afsona va rivoyatlar barcha maqtovlardan ham yuqori! Iste'molchiga katta rahmat, Agromirga katta rahmat.

- Samarqandga, Agromir zavodiga sayyohat uyushtirganlarga katta rahmat!!! Ekskursiya na faqat qiziqarli, quvnoq bo'ldi, balki bilim orttirish uchun ham xizmat qiladigan bo'ldi. Liliya Nikolenkoga alohida rahmat, ular na faqat yaxshi tashkilotchi, balki ajoyib gid - yo'l ko'rsatuvchi ham ekanlar. Ko'p narsani bilib oldik. 

- Tashkilotchilar, moderatorlar va ishtirokchilarga tashakkur bildiraman, bu juda zo'r bo'ldi, taassurotlar juda ko'p, o'zim uchun juda ko'p narsani bilib oldim. Emil va Liliya, Sizlarga va bizning guruhimiz ishtirokchilariga barcha ishlarda rivojlanishni tilab qolaman. Sizlar katta harflar bilan yoziladigan AZAMATLARSIZ! BARAKALLA!

- Agromir senga maroqli sayyohat uchun rahmat. Iste'molchi.Uz Seni borliging uchun rahmat!
Yuqorida aytilganlarning hammasiga qo'shilaman!!! Agromirga, tashkilotchilar va qatnashchilarga katta rahmat!!! Juda qiziqarli, bilim olish uchun xizmat qiladigan va ijobiy bo'ldi!!!