Kompaniyamizning asosiy maqsadlaridan biri bu mijozlarimizga eng yaxshi xizmatni va iste'molchilarimizga sifatli mahsulotni taqdim etishdir.
Gazlangan ichimliklarga talab katta bo'lganligi sababli, biz mahsulot portfelini kengaytirishga qaror qildik va «RIKS» Ltd. bilan hamkorlik shartnomasini imzoladik.
«RIKS» - Qozog'istonning alkogolsiz ichimliklar bozorining yetakchi korxonalaridan biridir. Ishlab chiqarish jarayonida eng zamonaviy texnologiyalardan foydalaniladi, shuningdek sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishga imkon beradigan xorijiy kompaniyalarning eng yuqori sifatli uskunalarida amalga oshiriladi.
O'zbekiston bozorida hamkorlik doirasida joriy yilning kuz mavsumida Dizzy brend mahsulotlarini sotuvga qo’ydik. Dizzy energetik ichimligi kofein, vitaminlar va glyukozani o'z ichiga olib organizmning ichki zaxiralarini faollashtirish orqali ish faoliyatini yaxshilaydi.
Klassik energetik ichimligidan tashqari, Dizzy savdo belgisi ostida turli ta’mli 0.5, 1 va 1.5 litrlik qadoqda bo’lgan limonadlar liniyasi ham taqdim etiladi.
Mamlakatimizning barcha savdo nuqtalarida qarshi oling.