Eng yaxshi xodimlar!
    "Agromir" kompaniyasi doimo xodimlariga o‘zini ko'rsatish hamda ular umumiy ishga qo‘shgan hissasi uchun munosib tarzda taqdirlanishi uchun keng imkoniyatlarni yaratib beradi.
  Darhaqiqat, "Marinelle" savdo belgisining sotuv ishlari bo'yicha belgilangan rejalarini bajarishga qaratilgan motivatsion dastur doirasida o'z maqsadlariga erishgan kompaniya tashqarisida faoliyat yuritadigan eng sara xodimlar va distribyutorlar jamoasi vakillari Misrga tashrif buyurish kabi ajoyib imkoniyatga ega bo'lishdi.
   Parvoz, Sharm-al-Shayxdagi 5 yulduzli mehmonxonada 7 kun davomida to'liq dam olish va unutilmas taassurotlar – yuqori natijalarga erishishni ko'zlaydiganlar uchun chinakamiga munosib dam olish imkoniyati!