Biz "Bliss" va "Meva" mahsulotlarining mavjud assortimenti uchun Xalqaro sertifikatsiya organi "CERT International" MChJdan Halal sertifikatini qo'lga kiritdik va bu xushxabarni siz bilan bo'lishishdan bag'oyat xursandmiz!
Ushbu sertifikat nimani anglatadi ?
✅ mahsulotlar tarkibida taqiqlangan ingrediyentlar mavjud emas;
✅ ishlab chiqarish jarayoni ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini tasdiqladi va audit tekshiruvidan o'tdi;
✅ ishlab chiqarish Halal talablarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Mahsulotlarimiz islom qonunlari va talablariga to‘liq javob berishidan faxrlanamiz va Halal sertifikati buni tasdiqlaydi.