12 avgust shanba kuni poytaxt stadionida "Korporatsiya kubogi" mini-futbol bo'yicha birinchi turnirning ochilishi bo'lib o'tdi. Shu turdagi chempionat Toshkentda birinchi marta o'tkazilmoqda. Maydonda Agromir jamoasining birinchi tarkibi va RedBull jamoasining birinchi tarkibi uchrashdilar.

Shu kuni stadionda nima bo'lib o'tganini ta'riflashdan oldin, biz sizlarga sportning bu qiziqarli turi qoidalari haqida hikoya qilib beramiz.

Maydonda har bir jamoadan bir vaqtning o'zida 5 kishidan qatnashishi mumkin. Bunda o'yinchilar almashinishi chegaralanmagan. Darvozabon o'z jamoasining har qanday o'yinchisi bilan o'rin almashish hyquqiga ega. Bu narsa faqat hakam ruxsati bilan va to'p o'yindan tashqariga chiqqan vaqtda yuz berishi mumkin. O'yin davomiyligi har biri teng 20 "sof daqiqa"dan iborat davrni tashkil etadi. O'yindagi tanaffus 10 daqiqadan oshmasligi kerak.

Endi matchning o'ziga qaytamiz. Shu kuni tribunalarda o'z sevimli jamoalarini qo'llash uchun shiorlar yod olgan juda ko'p ishqibozlar to'plangan edi. Bizning quvnoq yigit-qizlardan iborat guruhimiz jonajon jamoalarini qo'llash uchun bu o'yin shiori yozilgan plakatlarni  tinmasdan silkitardilar. Hamma bizning jamoamiz g'alabasiga ishonch bildirgan edi.