Bu o'yin haftasi o'tgan o'yinlarga qaraganda yanada his-hayajonlarga boy bo'ldi.

— 19 avgustda Agromir jamoasining ikkinchi tarkibi Henkel jamoasi bilan 4:1 hisobida o'ynadi. Raqiblar barcha kuch va havajonlarini sarflab, g'alaba uchun halol kurashdilar. Biroq Agromir jamoasi ulardan ko'proq tayyorlangan edi;

— 20 avgustda ikkinchi guruh jamoa oyinlari bo'lib o'tdi, bunda Agromir birinchi jamoasi Intersok (intersok.uz) birinchi jamoasi bilan uchrashdi. O'yinning yakuniy hisobi - 1:2 Intersok foydasiga. Ushbu o'yin ha faqat maydondagi o'yinchilar, balki tribunadagi futbol ishqibozlari uchun ham yorqin, unutilmas hayjonli lahzalarga boy bo'ldi. Jamoa ishqibozi - muxlisi bo'lish - bu "futbol" nomi ostidagi hodisaning chegaradan chiquvchi o'ziga xos falsafasi bor oilaning bir a'zosidir. O'z dunyoqarashi, hayotga bo'lgan munosabati, g'alabaga bo'lgan intilish, o'z raqiblariga bo'lgan munosabati. Bizlar - Agromir jamoasi ishqibozlari,  asosiy futbol kurashi - bu jamoalarning maydondagi kurashi va tribunalardagi "kurash"larga o'xshamaydi, deb hisoblaymiz. Bizning futbol tarkibimiz esa - bular kompaniya xodimlari bo'lib, ular sog'lom turmush tarzini doimiy karyeraning o'sishi bilan birgalikda muvaffaqiyatli olib bormoqdalar.