Mamlakatimiz Mustaqillikga erishganidan so’ng, Respublikamiz buyuk kelajak sari dadil qadam tashlashni boshladi. Respublikamizning eng asosiy ustuvor jihatlari bu: tabiiy boyliklarimiz va farovon, kelajagi porloq davlat qurish uchun astoydil bel bog’lagan xalqimizdir. Aynan mana shu omil mamlakatimiz iqtisodiyotining gurkirab rivojlanishiga zamin yaratadi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yillik tantanasi arafasida, mamlakatimiz iqtisodiy rivojiga salmoqli hissa qo’shib kelayotgan “AGROMIR GROUP” korxonalar guruhi, direktorlar kengashi raisi Djalolov Shavkat Amonovich yuksak mukofot bilan taqdirlandilar.
Bugungi kunda “AGROMIR” meva va sabzavotlar asosida sog’lom oziq-ovqatlarni ishlab chiqaruvchi va tarqatuvchi bir qator korxonalarni o’zida birlashtirgan. Ular orasida: tabiiy sharbatlar va nektarlar, sharbat konsentratlari, meva-sabzavot pastalari, uzum va vino mahsulotlari, meva va sabzavot konservalarini ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda.
Orden mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy salohiyatini oshirish va islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirishda, so’nggi yillarda jamiyatimizning barcha sohalarda ulkan yutuqlarga erishishda munosib hissa qo’shganimiz, Vatan ravnaqi yo’lida ko’p yillik samarali va fidokorona hizmat qilganimiz, xalq farovonligi, ishlab chiqarish sohalarining rivoji va ushbu sohani zamonaviy talablar asosida modernizatsiya qilishdagi ishtirokimiz, bu sohaga ilg’or texnologiyalarni joriy etib, qulay investitsiyaviy sharoit yaratish, eksport salohiyatini rivojlantirish, jamiyatda xalqaro do’stlik va hamjihatlik aloqalalarini mustahkamlashdagi faol ishtirokimiz, yoshlarimizni istiqlol g’oyalariga sodiq, vatanparvar va sadoqatlilik ruhida tarbiyalashdagi ko’rsatgan hizmatlarimiz uchun berildi.
Djalolov Shavkat Amonovich orqali butun “AGROMIR GROUP” korxonalar guruhi jamoasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga, ko’rsatilgan ishonch va kichik mehnatimizga bergan yuksak baholari uchun, chin dildan o’z tashakkurlarimizni izhor etamiz. Biz bundan keyin ham erishilgan yutuqlarni jadal oshirish va mamlakatimiz tomonidan yelkamizga yuklatilingan barcha vazifalarni quvonch bilan davom ettiramiz.