12-16 iyun kunlari AGROMIR Kompaniyalari guruhi Toshkentdagi “O'zekspomarkaz”da Birinchi Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida ishtirok etdi. Kompaniya bunday tadbirlarda bundan oldin ham ko`p marotaba qanashganiga qaramay bu yarmarka davomida unutilmas tajribaga ega bo`ldi.

Ushbu yarmarka tashkilotchilari va ishtirokchilarining asosiy maqsadi  xorijiy qayta ishlash va savdo kompaniyalariga  meva va sabzavot, poliz va dukkakli ekinlar yetishtirishda o'zbek fermerlarining salohiyatini taqdim etish va shu orqali eksport darajasi ortirishdan iborat edi.

AGROMIR Kompaniyalari guruhi mamlakatimizdagi sharbat va nektarlarni,  sharbat konservalarining eng yirik ishlab chiqachuvchisi bo`lib, yarmakada o`z maxsulotlatlaring keng assortimentini taqdim etdi. Yarmarka qatnashuvchilari va mehmonlariga  barcha maxsulotlarning sifati va tabiyligini sinab ko`rish imkoniyati taqtim etildi

AGROMIR Kompaniyalari guruhi tashkilotchilar tomonidan qo`yilgan  barcha maqsadlarga erishdi deb aniq ayta olamiz. Yarmarka mehmonlari bizning  barcha maxsulotlarimizni, sharbat va nektarlarni,  sharbat konservalari, uzumchilik maxsulotlarini tatib ko`rish imkoniyatiga ega bo`lishdi. Bundan so`ng biz xorijiy mehmonlar bilan tanishish imkoniyatiga ega b`oldik.

Bir ko`rgazmadan ikkinchisiga o`tish mobaynida xalqaro mehmonlar mamlakatimizning barcha hududlaridan keltirilgan  poliz ekinlari , meva va sabzavotlarning ko`rinishi va tamidan bahramand bo`lish  Imkoniyatiga ega bo`lishdi.

Latviya Tashqi ishlar vazirligi bosh sekretari o`rinbosari Eduard Stiprays, shuni takidlab o`tdiki, O`zbekiston mevalari Pribaltika aholisi ichida anchadan beri mashxurlikni egallashga ulgurishgan. Davlat miqiyosida ahamiyatli  ushbu tadbir yakunida xorijiy kompaniyalar va mahalliy ishlab chiqaruvchilar o`rtasida bir qator kelishuvlarga qo`l qo`yildi. Ushbu kelishuvlarning rivojlanishi natijasida meva va sabzavot, poliz va dukkakli ekinlar  exportining yangigi cho`qqilarini zarb etilishi kutilmoqda.